
Pochettino “Chelsi”ning asosiy o‘yinchisi kimligini aytdi
“Chelsi” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoaning eng asosiy o‘yinchisi Koul Palmer ekanini alohida ta’kidladi.
- Biz Koul Palmerdan mamnunmiz. Unga hozirdan ishonch bildiryapmiz, lekin kelajakdagi imkoniyatlarini yanada yuksak bo‘ladi.
Koul juda aqqli, jamoaga tez kirishib ketdi. Bu futbolchi hozirning o‘zida yuqori saviyada o‘ynayapti, hali yana o‘sadi. Biz uni loyihamizda asosiy figura sifatida bilamiz, dedi Maurisio Pochettino.
21 yoshli futbolchi “Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Aristokratlar” uni 1 sentyabr kuni transfer qilgan edi. Bu o‘yinchi uchun “Chelsi” 57 million evro to‘lagan.
Fikrlar