Pochettino: Jamoaning har bir a’zosi qahramon, Moura esa super qahramon

TIGGO 2 PRO

"Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino EChL yarim final bosqichi doirasida "Ayaks"ga qarshi uchrashuv natijalari haqida o‘z fikrini bildirdi.

- Xozir fikrimni bir joyga jamlay olmayapman. Futbolga, bizga ishonlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Xozirda ham, o‘tgan mavsum ham bir necha marotaba ta’kidlab o‘tganman, "Tottenxem"da afsonalar to‘p tepmoqda.

Tan olish lozim, bunday darajada raqobat olib borish juda mushkul, lekin biz buning uddasidan chiqdik. Bunday jamoada bosh murabbiy bo‘lish men uchun katta omad.

Jamoaning har bir a’zosi qahramon, biroq Moura super qahramon, - deya Pochettinoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi BBC nashri.

Eslatib o‘tamiz, Lukas Moura ushbu bellashuvda raqib darvozasiga 3ta gol kirgizishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!