Pochettino: "Messi terma jamoani o‘z ortidan etaklay olishini Qatardagi mundialda ko‘ryapmiz"
Argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim degan savolga javob berdi.
- Jahon chempionatida eng yaxshi futbolchi kim? Messi-mi?
"Leo doim o‘z harakatlari bilan o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatadi. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Modomiki u buni eplayotgan bo‘lsa, maydonga tushishda davom etadi.
U terma jamoani o‘z ortidan etaklay olishini Qatardagi mundialda ko‘ryapmiz. Messi haqiqiy lider, buni hamma biladi",-dedi PSJ sobiq murabbiyi.
Argentina nimchorak finalda Avtraliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. 35 yoshli pleymeyker mazkur bellashuvda ham o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar