Pochettino Messini qachon maydonga tushirishini aytdi
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoaning yangi yulduzi Lionel Messining debyuti qachonga mo‘ljallanayotgani haqida ma’lumot berdi.
Messi bu haftani yaxshi o‘tkazdi. Oldinda yana uzun bir hafta bor. Agar hammasi yaxshi davom etsa, Leo umumiy guruhga qo‘shilib, jamoaning bir bo‘lagiga aylanali va musobaqalashish darajasiga etadi, - dedi Pochettino.
PSJ Frantsiya chempionatining uchinchi turida “Brest” jamoasini 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Parijliklar keyingi uchrashuvni 29 avgust kuni safarda “Reyms” klubiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar