Pochettino Messining PSJga o‘tishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

  • 05.01.2021 21:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Barselona"forvardi Lionel Messining PSJga kutilayotgan ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

“Santa-Klaus allaqachon juda katta ishlarni amalga oshirdi va PSJga qaytishimga yordam berdi. Menga imkoniyat bergani uchun Al-Xelaifiy va Leonardodan minnatdorman. Biz bilamizki, PSJ ambitsiyali va dunyoning eng yirik klublaridan biri.

Men Neymar Messi bilan birga o‘ynashni xohlayotganini eshitganman. Ammo endi bor e’tiborimni yangi ish joyiga moslashishga qaratganman. Nima uchun mendan bu haqda so‘rayotganingizni tushunaman. Kelajakda biz Messi mavzusini muhokama qilishga ulguramiz”, - dedi argentinalik mutaxassis.

33 yoshli Messining yozda “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanadi va u erkin agentga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!