Pochettino qisqa muddatda sovringa ega chiqdi

  • 14 yanvar, 2021, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya superkubogi uchun o‘tkazilgan uchrashuvda “Pari Sen-Jermen” azaliy raqibi “Marsel” bilan kuch sinashdi.

Tecno

Lans shahridagi “Feliks Bolar” stadionida o‘tkazilgan uchrashuvda parijliklar 2:1 hisobida zafar quchdi. PSJga g‘alaba keltirgan gollarga Mauro Ikardi va Neymar mualliflik qilgan bo‘lsa, marselliklarning yagona javob to‘pini Dmitri Paye kiritdi.

Frantsiya superkubogi PSJni yaqinda qabul qilib olgan Maurisio Pochettinoning birinchi sovrini sifatida qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!