Pochettinoga yana bir yulduz kerak

  • 20 yanvar, 2022, 15:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Zamonaviy futbolning bir necha yorqin o‘yinchilarini jamlab olgan PSJning ichki muhiti havas qilarlik darajada emas. Bosh murabbiy Maurisio Pochettino har doim ham o‘yinchilarga gapini o‘tkaza olmaydi.

Shunga qaramay, argentinalik mutaxassis yana bir mashhur futbolchi – “Manchester Siti”dan ketishga qaror qilgan Rahim Sterlingni Parijga olib kelmoqchi.

Xosep Gvardiola asosiy tarkibga kirishga qiynalayotgan hujumkor futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Klub mutasaddilari Sterlingni muayyan mablag‘ – 83 million evro evaziga sotib yuborishga rozilik bergan. Pochettino PSJning hujumkorligini oshirish uchun Rahimga shaxsan qiziqmoqda.

27 yoshli futbolchi joriy mavsumda premer-ligada 17 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!