Pogba Frantsiya terma jamoasida o‘ynamaydi

  • 27 avgust, 2020, 23:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogba Millatlar Kubogi musobaqasi doirasida bo‘ladigan uchrashuvlarda ishtirok eta olmaydi.

Tecno

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham mashhur futbolchida koronavirus aniqlangani bois, uning o‘rniga “Renn”ning 17 yoshli yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani tarkibga qo‘shganini ma’lum qildi.

Shuningdek, “Tottenxem”ning eng qimmat o‘yinchisi Tangi Ndombele ham Frantsiya terma jamoasidan chetda qoldi. Unda ham koronavirus borligi tasdiqlandi.

Frantsiya sentyabr oyining boshida Shvetsiya va Xorvatiya terma jamoalari bilan kuch sinashishi lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!