Pogba o‘ziga jamoa tanladi

  • 16 oktabr, 2021, 22:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pol Pogba uzoq o‘ylanganidan keyin “Manchester Yunayted”ni tark etishga qaror qildi, deb yozmoqda xorij matbuoti.

Tecno

Frantsiyalik yulduz manchesterliklar bilan yangi bitim tuzmaydi va yozda erkin agentga aylanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, Pogba yozda “Real” safini to‘ldirmoqchi. O‘z navbatida, madridliklar ham tajribali yarim himoyachini o‘z jamoasiga qo‘shib olishni reja qilgan.

Agar Pol Pogba “Real” bilan shartnoma imzolasa, Florentino Peres unga yiliga 15 million evro maosh to‘lashga tayyorligini bildirgan.

Pogbaning o‘zi terma jamoadagi sheriklari – Karim Benzema va Kilian Mbappe bilan birga bir jamoa sharafini himoya qilishni istamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!