
Pogba: "Ronaldu MYuda o‘ynayotganligidan xursand bo‘lishimiz kerak"
"Manchester Yunayted"ning frantsiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
"Bu doim takrorlanadigan narsaga o‘xshaydi. U Krishtianu bo‘lib qolaveradi. Ronaldu yana o‘z uslubida gol urib, saviyasini namoyish qildi.
KriRo MYuda o‘ynayotganidan xursand bo‘lishimiz kerak. Barchamiz uni hurmat qilamiz", - dedya futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi EChLning 3-turidan o‘rin olgan "Atlanta"ga qarshi o‘yinda gol urib, jamoasiga muhim 3 ochko keltirgandi.
Fikrlar