Pogba shokda. Bu taklifni qabul qilsa eng katta maoshga ega bo‘ladi

  • 8 yanvar, 2022, 11:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yozda shartnomasi yakunlanadigan Pol Pogbani olib qolish uchun unga rekord  darajadagi maosh taklif qilmoqda.

Tecno

Goal nashri xabariga ko‘ra, klub mutasaddilari frantsiyaliklar yulduzga har hafta 500 ming funt to‘lashga tayyor. Agar Pogba bu taklifni qabul qilsa, Angliya premer-ligasida eng ko‘p maosh oladigan o‘yinchiga aylanadi.

Tajribali yarim himoyachiga asosiy da’vogar sifatida “Real” tilga olinayotgan edi. Biroq, madridliklar qimmatbaho futbolchining katta maosh olishini inobatga olib, undan voz kechishga qaror qildi. Ular asosiy e’tiborini Kilian Mbappe va Erling Xolandga qaratmoqda.

Pol Pogba joriy mavsumda 13 ta uchrashuvda qatnashib, ettita golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!