Pogba uchun kutilmagan da’vogar paydo bo‘ldi

  • 16 sentabr, 2021, 18:15
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba kelasi yozda faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchini erkin agent sifatida sotib olishga harakat qiladi.

Tecno

Avvalroq, Polga «Real» va PSJdan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq futbolchining o‘zi hali kelajagi borasida aniq qaror qabul qilmagan. U ayni dam Sulsher qo‘l ostida ishlashga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, Pogba 2016 yili «Yuventus»dan 105 million evro evaziga MYuga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum APLda 4 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!