Pogbaga supertaklif!
“Manchester Yunayted” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Pol Pogba hali kelajagi borasida bir qarorga kelgani yo‘q. Manchesterliklar frantsiyalik yulduzni o‘z safida olib qolmoqchi. Lekin qudratli xaridorlar ham yo‘q emas.
Xususan, PSJ Pol Pogbani Frantsiyaga qaytarmoqchi va unga katta maosh belgilangan besh yillik shartnoma taklif qilmoqda. Parij klubi mutasaddilari bu masalada o‘yinchining agenti bilan muzokara boshlagan.
Avvalroq, “Real” mutasaddilari klub yozda Kilian Mbappe va Erling Xoland kabi qimmatbaho o‘yinchilarni olishga harakat qilayotgani sababli jamoa anchadan beri qiziqib kelayotgan Pol Pogbani olish fikridan qaytgani ma’lum bo‘lgandi.
Ayni paytda jarohatini davolatayotgan futbolchining transferi 55 million evroga baholanyapti
Fikrlar