
Pogbaning ko‘nglini pul bilan olishmoqchi
PSJ rahbariyati kelasi yozda Pol Pogbani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Frantsiyalik yarim himoyachi “Manchester Yunayted” bilan shartnomasini uzaytirmaslikka va mavsum oxirida erkin agent sifatida Manchesterdan ketishga qaror qildi.
Aslida Pol Pogba kelasi yozda “Real”ga o‘tishi kutilayotgan edi. Biroq Parij klubi katta maosh va’da qilish orqali uning yo‘lini Frantsiyaga burib yuborishi mumkin.
PSJ 28 yoshli yarim himoyachiga hozirdan haftasiga 600 ming evro maosh va’da qilmoqda. Agar Pogba shunga ko‘rsa, yiliga 31 million evroga yaqin pul topadi.
Pol Pogba yangi mavsumning ilk uchrashuvida jamoadoshlariga to‘rtta golli pas oshirib, jamoasining rekordini yangiladi.
Fikrlar