
Pogbaning maqsadi oshkor bo‘ldi
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini shu jamoada davom ettirish bo‘yicha yakuniy qarorga kelganini va muzokaralar qachon bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Evropa Ligasi musobaqasi yakunlanishi bilan manchesterliklar ikkita muhim masalasini hal qilishi lozim bo‘ladi. Shulardan birinchisi Pol Pogba bilan amaldagi shartnomani yangilash. Yaqingacha frantsiyalik futbolchi Manchesterni tark etish haqida o‘ylayotgan edi. Lekin Sulsher uni jamoada qolishga va jangovar jamoaning muhim o‘yinchisiga aylanishga ko‘ndira oldi.
Shuningdek, “Manchester Yunayted” Jessi Lingard masalasini ham ko‘rib chiqmoqda. Una ko‘ra, Sulsher so‘nggi o‘yinlarda gol urib, ishonchni qozongan futbolchi jamoada qolishini istamoqda. Lekin raqobat kuchligigi uchun unga asosiy tarkibdan joy va’da qilolmayapti.
Fikrlar