Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi ham iste’foga chiqarildi

  • 22 dekabr, 2022, 16:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Polsha terma jamoasining rasmiy sayti Cheslav Mixnevich terma jamoa bosh murabbiyligidan ketganini tasdiqladi.

Tecno

“Polsha futbol assotsiatsiyasi nomidan Cheslav Mixnevichga 11 oylik murabbiylik faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz. Xabaringiz bor, u juda qiyin davrda jamoani qabul qilib oldi. Shunga qaramay, u JCh-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, shuningdek, Millatlar ligasining elit divizionidagi o‘rnini saqlab qoldi”, - dedi Polsha futbol assotsiatsiyasi prezidenti Sezar Kulesh.

Eslatib o‘tamiz, Qatar mundialida Mixnevich shogirdlari 1/8 finalga chiqdi va ushbu bosqichda Frantsiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!