"Portu" "Liverpul" taklifini qabul qildi

  • 28 yanvar, 2022, 17:55
  • 0
  • Futbol

"Portu" klubi futbolchisi Luis Dias jamoani tark etishga juda yaqin turibdi. Qayd etilishicha, vingerga "Liverpul" jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda va inglizlar bu borada portugal klubiga taklif ham yuborgan.

Insayder Pedro Sepulvedaning xabar berishicha, mersisaydliklar 45+15 millionlik taklif jo‘natgan. "Portu" esa bu transferga rozi. 

Ayni paytda, Dias "qizillar" bilan 2027-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolashi kutilmoqda. U APL klubida yiliga 3,5 million evro maosh oladi.

Ma’lumot o‘rnida, Luis Dias joriy mavsum Portugaliya chempionatidagi 18 ta o‘yinda o‘z hisobiga 14 gol va 5 assist yozib qo‘ygan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!