"Portu" "Yuventus"ga futbolchilarni o‘zaro almashtirish bo‘yicha taklif yubordi

  • 22.07.2025 10:59
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Portu" "Yuventus"ga o‘ng qanot himoyachilarini almashtirish bo‘yicha taklif kiritdi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "ajdar"lar 21 yoshli Alberto Kosta bilan shartnoma tuzmoqchi, o‘z navbatida 25 yoshli Joau Mariuni Italiyaga yuborishga tayyor. Portugaliya klubi mazkur bitim doirasida "Yuventus"ga qo‘shimcha 3 million evro to‘lashga rozi.

Transfermarkt saytining baholashicha, har ikki futbolchining qiymati 10 million evroga teng. Ta’kidlash joizki, "Yuventus" Kostani yarim yil oldin "Vitoriya Gimarainsh"dan deyarli 14 million evroga sotib olgan edi. Alberto Kostaning shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lsa, Mariuning "Portu" bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilda yakunlanadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!