Portugaliya terma jamoasining Evro-2024 uchun tarkibi e’lon qilindi!

  • 21 may, 2024, 17:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasining Evro-2024 ga jalb qilingan tarkibi e’lon qilindi. E’tiborlisi, tarkibdan “An-Nasr”ning 39 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham joy oldi.

Tecno

To‘liq tarkib quyidagicha:

Darvozabonlar: Diogu Koshta («Portu»), Joze Sa («Vulverxempton»), Ruy Patrisiu («Roma»);

Himoyachilar: Antoniu Silva («Benfika»), Danilu Pereyra (PSJ), Diogu Dalo («Manchester Yunayted»), Gonsalu Inasiu («Sporting»), Joau Kanselu («Barselona»), Nelson Semedu («Vulverxempton»), Nunu Mendesh (PSJ), Pepe («Portu»), Ruben Diash («Manchester Siti»).

Yarim himoyachilar: Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Joau Nevesh («Benfika»), Joau Palinya («Fulxem»), Otavio («An-Nasr»), Ruben Nevesh («Al-Xilol»), Vitinya (PSJ).

Hujumchilar: Bernardu Silva («Manchester Siti»), Krishtianu Ronaldu («An-Nasr»), Diogu Jota («Liverpul»), Fransishku Konseysau («Portu»), Gonsalu Ramush (PSJ), Joau Feliks («Barselona»), Pedru Netu («Vulverxempton») ap Rafael Leau («Milan»).

Ma’lumot uchun, Evropa chempionati joriy yilning 14 iyunidan 14 iyuliga qadar Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Portugaliya terma jamoasi musobaqani “F” guruhida o‘tkazadi va ushbu guruhda Ronaldu jamoasidan tashqari Turkiya, Gruziya va Chexiya terma jamoalari joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!