
Portugaliyalik o‘rniga portugaliyalik keladi
“Marsel” klubi rahbariyati bosh murabbiy Andre Villash-Boash o‘rniga munosib nomzod qidirishni boshlab yubordi.
Hozircha ularning short-listidan “Monako”ning sobiq ustozi Leonardu Jardim va “Lill” klubi bosh murabbiyi Kristof Galte joy olgan. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, joriy hafta portugaliyalik mutaxassis Villash-Boash klub prezidenti Jak-Anri Eyro bilan kelisha olmay qolgani sabab “Marsel”dan ketishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Undan oldin esa klub sport direktori hisoblangan Andoni Subisarreta o‘z ixtiyoriga ko‘ra ishdan ketdi.
Fikrlar