
Povetkin: Entoni Joshuaga qarshi jang qilmoqchiman
Rossiyalik og‘ir vazn toifasidagi bokschi Aleksandr Povetkin Kristian Xammer bilan jangdan so‘ng ushbu vaznda WBA Super va IBF kamarlari sohibi britaniyalik Entoni Joshua bilan jang qilmoqchi ekanligini ma’lum qildi.
– Men dunyoning eng zo‘r og‘ir vazndagi bokschilardan biri Entoni Joshuaga qarshi jang qilmoqchiman. Xozirda yaqin orada bo‘lib o‘tadigan Xammerga qarshi bellashuvga o‘z e’tiborimni qaratganman, – deydi Povetkin Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Povetkin va Xammer o‘rtasidagi bellashuv xalqaro WBO chempioni unvoni uchun 15 dekabr kuni Ekaterinburgda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar