Poytaxtimizda nufuzli turnir yakunlandi

BEPUL PROPAN
Toshkent shahar Olmazor tumanidagi velotrek majmuasida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi tomonidan velotrek bo‘yicha erkaklar, ayollar va 2003-2004 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida A.Yudin xotirasiga bag‘ishlangan respublika ochiq turniri yakunlandi.
 
Turnirda 100 dan ortiq velopoygachilar ishtirok etgan musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi guruh poygalarida Botir Ismatov, Arseniy Pokosenko va Mahmud Sharipov shohsupaga ko‘tarildi. Ayollar o‘rtasidagi guruh poygalarida Anna Kulikova, Yanina Kuskova hamda Diana Adelshinova g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

O‘smirlar va qizlar o‘rtasidagi guruh poygalarida Kamron Mirzarahimov va Asal Rizaeva marraga birinchi bo‘lib etib keldi.

Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi skretch guruh poygalarida Botir Ismatov hamda Madina Kahharovaga teng keladigani topilmadi. Ushbu yo‘nalishning o‘smirlar o‘rtasidagi poygalarda Sergey Gorelikov va Sofiya Karimova g‘alaba qozondi.

photo_2019-08-29_17-27-47

Shuningdek, musobaqa ishtirokchilari turli yo‘nalishlarda o‘tgan poygalarda raqobatlashib shohsupaga ko‘tarildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!