
Prevyu. "Lokomotiv" - "Andijon"
Superliganing 5-turi “Lokomotiv” – “Andijon” o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi. “Temiryo‘lchilar” hamda “Burgutlar” o‘rtasidagi bellashuvga doimgidek qiziqish katta. Chunki ikkala jamoa ham hali mag‘lubiyatga uchramagan va ochkolari ham 8 tadan.
4 aprel oqshomida o‘tkaziladigan o‘yin oldidan jamoalarning chempionatdagi o‘zaro uchrashuvlar statistikasiga qaraydigan bo‘lsak, ilk to‘qnashuv 2004 yili bo‘lib o‘tgan. Andijondagi bahsda “Loko” 1:5 hisobida g‘alaba qozongan. Hozirga qadar bu klublar 26 marotaba kuch sinashishdi. “Lokomotiv”da 18 ta, “Andijon”da esa 4 ta g‘alaba bor. Yana 4 ta uchrashuv durang bilan yakun topgan. To‘plar nisbati 52-25 “Temiryo‘lchilar” foydasiga.
Ushbu jamoalar so‘nggi bor 2021 yili to‘qnashishgan. Andijonda mehmonlar 1:2 hisobida ustun kelgan. Toshkentdagi bahsda esa 2:2 natijasi kuzatilgan. “Andijon” “Lokomotiv”ni safarda bir marta mag‘lub etgan. 2007 yilning 25 noyabr sanasidagi uchrashuvda jamoamiz 0:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Klublarning navbatdagi o‘yini 4 aprel, soat 19:15 da boshlanadi.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar