
Prevyu. “Nasaf” – “Dinamo”
30 noyabr kuni Superligasi so‘ngi 26-turiga start beriladi. Shu kuni “Nasaf” o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo” jamoasini qabul qiladi.
“Nasaf” – “Dinamo” uchrashuvi 30 noyabr shanba kuni Qarshi “Markaziy” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 15:00 da boshlanadi.
O‘zaro uchrashuvlar tarixidan
Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu kungacha 39 bor kuch sinashishgan. Natijalar “ajdarlar”ning ustunligini ko‘rsatmoqda. Bo‘lib o‘tgan 20 uchrashuvda “Nasaf”, 7 o‘yinda esa “Dinamo” g‘alabaga erishgan. 12 uchrashuvda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan.
To‘plar nisbati 56:36 ga teng. Ustunlik "Nasaf" tarafida.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Dinamo” 5:0, “Dinamo” – “Nasaf” 4:0.
Jamoamiz so‘nggi o‘zaro uchrashuvni shu yilning 9 mart kuni Samarqandda o‘tkazgan. Bu uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan.
Qarshidagi o‘zaro bahslarga oid
Ushbu jamoalar shu paytgacha Qarshida 19 bor kuch sinashishgan. 14 uchrashuvda “ajdarlar” g‘alaba qozonishgan. 2 uchrashuvda samarqandliklar g‘alaba qozonishgan. 3 uchrashuvda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan. Darvozalarga jami 49 ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati 34:15.
E’tiboringizga Qarshida bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.
20.10.2017 Nasaf – Dinamo 3:0
19.06.2015 Nasaf – Dinamo 2:0
15.03.2014 Nasaf – Dinamo 1:0
20.06.2013 Nasaf – Dinamo 3:2
21.11.2012 Nasaf – Dinamo 2:1
Fikrlar