Prevyu. "Qo‘qon-1912" - "Andijon"

  • 19.04.2026 00:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Qo‘qondagi “Markaziy” stadionda vodiiy derbisi doirasida “Qo‘qon-1912” hamda “Andijon” jamoalari o‘rtasida qiziqarli bellashuv bo‘lib o‘tadi.

O‘tgan yili birinchi davrada Qo‘qondagi o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgan. Andijonda esa maydon egalari raqibini 3:0 hisobida taslim qilgan. O‘sha bahsda "Andijon"dan gollarga Damir Temirov (dubl) va Islom Mamatkazin mualliflik qilishgan. 

Ishtirokchilar chempionat mobaynida 30 marotaba bellashishgan bo‘lib, “Andijon”da 10, “Qo‘qon-1912” hisobida 11 ta g‘alaba bor. Yana 9 ta o‘yindan kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 49\42 “Andijon” foydasiga. 

Bugungi o‘yin 18:15 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!