Prevyu. "Surxon" - "Paxtakor"

  • 25.06.2021 11:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga 11-turida "Paxtakor" Toshkentda "Surxon" mehmoni bo‘ladi. O‘yin "Surxon" uy o‘yinlarini o‘tkazadigan stadionda yoritish tizimi talab darajasida emasligi sababli "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Hozirga qadar jamoalar O‘zbekiston chempionatlari doirasida 28 ta bahsda to‘qnash kelishgan. Ularning 22 tasida "Paxtakor", 5 tasida "Surxon" zafar quchgan. Bir marta durang natija qayd etilgan. Raqib darvozasini 92 marta ishg‘ol qilgan "sherlar" o‘z darvozalaridan 26 ta to‘p o‘tkazib yuborishgan. Termizdagi o‘yinlarda "Paxtakor" 9 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Gollar nisbati 31ga 17ni tashkil qiladi. Jami 13 g‘alaba yirik hisoblarda qo‘lga kiritilgan. Eng yirik natija - 8:0 bo‘lib, 2004 yilgi mavsumda kuzatilgan. O‘tgan yili Termizdagi bahsda "sherlar" 6:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Jamoalar safida kartochkalar bilan bog‘liq diskvalifikatsiya sababli o‘yinni o‘tkazib yuboradigan futbolchilar bor. "Paxtakor"dan Abror Ismoilov, "Surxon"dan Asror G‘ofurov ushbu bahsda maydonga tushmaydi.

"Surxon" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 27 iyun, yakshanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 20:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!