Prezident uzr so‘radi

  • 8 sentabr, 2019, 23:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tashkilotchilar Evro-2020 saralash bosqichi doirasidan o‘rin olgan Frantsiya - Albaniya uchrashuvidan oldin Albaniya madhiyasi o‘rniga Andorra mamlakati davlat madhiyasini qo‘yib yuborishgan edi. Bundan tashqari "Stad de Frans" stadioni suxandoni ham Albaniyani Armaniston bilan adashtirib yuborgan edi.

"Prezident Makron Frantsiya futbol federatsiyasi va bizning davlat madhiyamiz yuzasida kelgan vaziyat uchun chin dildan uzr so‘radi.

U buni "qabul qilib bo‘lmaydigan xato" deb atadi va futbolchilarimizning munosabatini yuqori baholagan holatda mazkur uzrni e’lon qilishimni so‘radi", - deb yozadi Rame o‘zining "Twitter"dagi rasmiy sahifasida.

O‘z navbatida Frantsiya Prezidenti administratsiyasi ham mazkur uzrni tasdiqladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!