
Pro-liga. "Andijon" yana bir g‘alabani qo‘lga kiritib, 1-o‘ringa chiqib oldi
Pro-liga 14-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "G‘ijduvon" uchrashuvi yakunlandi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Maydon egalari safida gollarga Farhod Sohibjonov va Zafar Polvonov mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona goli Jamshid Xasanov hisobiga qayd etildi.
Mazkur natijadan so‘ng "Andijon" ochkolari sonini 31 taga etkazib, 1-o‘ringa chiqib oldi. "G‘ijduvon" hisobida 10 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 8-pog‘onani band etgan.
Fikrlar