
Pro liga. Bugun uchta o‘yin bo‘lib o‘tdi
Pro liganing 11-turidan o‘rin olgan "Aral" - "Yunired", "Qo‘qon-1912" - "G‘ijduvon"va "Lokomotiv" - "Navbahor-Farm" uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi.
"Aral" - "Yunired" uchrashuvi nursiz durang bilan tugadi. 21 daqiqada o‘yinni boshqarib borayotgan refere samarqandliklar futbolchisi Islom Karimovga qizil kartochka ko‘rsatdi. Asomiddin Mamatov ham maydonni erta tark etdi.
"Qo‘qon-1912" - "G‘ijduvon". "Qo‘qon-1912" jamoasi futbolchisi Bobur Jo‘raqulov 24 daqiqada hisobni ochdi. Oradan 12 daqiqa o‘tib, Islombek Isoqjonov penaltidan gol urib, uchrashuvda muvozanatni tikladi. Shundan so‘ng Boburjon Akbarov, 41 (2:1), Anvarjon Hojimirzaev, 47 (3:1), Doniyor Ismoilov, 51 (4:1), Akrom Bahromov 86 (4:2), Anvarjon Hojimirzaev, 90+2 (5:2) o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa bahs 5:2 hisobida vodiyliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Lokomotiv" - "Navbahor-Farm" o‘yini taqdirini Rustam Soirovning yagona goli hal qildi. "Lokomotiv" a’zosi ilk daqiqada gol urib, natijani hal qildi.
Fikrlar