Pro-liga. "Istiqlol" O‘sh shahri jamoasini 17:0 hisobida taslim qildi

  • 8 mart, 2018, 11:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek O‘zbekiston Pro-ligasi ishtirokchisi hisoblangan Farg‘onaning “Istiqlol” klubi Qirg‘iztonning O‘sh shaxrida bo‘lib o‘tayotgan «Kubok Sulaymon too» xalqaro turnirida ishtirok etmoqda.

Tecno

Farg‘onaliklar bugun guruhning so‘nggi uchrashuvida Qirg‘iziston Birinchi ligasi vakili hisoblangan O‘sh shahrining “Qizil mehnat” jamoasi bilan kuch sinashishdi. Gollarga boy kechgan bahsda “Istiqlol” raqibi darvozasiga javobsiz 16ta to‘p kiritdi. Yakuniy hisob 17:0.

Eslatib o‘tamiz, “Istiqlol” guruhdagi qolgan ikki o‘yinning birida “Jalolobod” klubini 12:0 hisobida taslim etgan, yana bir bahsda esa Qirg‘iziston Oliy ligasi ishtirokchisi hisoblangan “Akademiya” jamoasiga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

«Kubok Sulaymon too»

Guruh bosqichi 3-tur.

“Qizil mehnat” (Qirg‘iziston) - “Istiqlol” (O‘zbekiston) 0:17

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!