Pro liga. “Paxtakor Farm” “Lochin” bilan durang o‘ynadi, “Yaypan” esa “TerDU”dan ustun keldi

  • 11.04.2026 18:16
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Pro liganing 2-turidan o‘rin olgan yana ikkita uchrashuv yakunlandi. 

Birinchi bellashuv Qashqadaryoning “Lochin” hamda Toshkentning “Paxtakor Farm” jamoalari kuch sinashdi. Dastlab mehmonlar futbolchisi Qodirbek Mamasov hisobni ochishga erishdi. 82-daqiqada esa qashqadaryoliklar futbolchisi Sherali Rasulov gol kiritib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. 

Kunning ikkinchi uchrashuvi Farg‘onaning “Yaypan” va Surxondaryoning “TerDU” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bu bahsda farg‘onaliklar 2:1 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. Dastlab bellashuvning 5-daqiqasida Muslim Habibullaev hisobni ochgan bo‘lsa, 49-daqiqada mehmonlar futbolchisi Shahzod Bozorov gol kiritib, muvozanatni tikladi. 51-daqiqada esa Firdavs Umaraliev jamoasini g‘alaba goliga mualliflik qildi. 

  • O'zbekiston - Pro Liga
  • Joriy Mavsum
team_placeholder.png

Yaypan

  • Muslimbek Khabibullaev 5'
  • Umaraliyev 51'
Tugadi
2 : 1

16:00

team_placeholder.png

TerDU

  • Bozorov 49'

  • O'zbekiston - Pro Liga
  • Joriy Mavsum
team_placeholder.png

Lochin

  • Sokhibjon Rasulov 82'
Tugadi
1 : 1

16:00

team_placeholder.png

Pakhtakor II

  • Mamasov K. 72'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!