
Pro liga. "Sho‘rtan" "Lokomotiv"ga qarshi o‘yinlarda qanchalik omadli?
Ertaga “Sho‘rtan” jamoamiz pro liganing 8-tur doirasida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bilan bellashadi. Uchrashuv G‘uzor “Markaziy” o‘yingohida soat 19:00 da boshlanadi.
Jamoalar O‘zbekiston chempionatlari doirasida shu vaqtga qadar 22 bor ro‘baro kelishgan. Bellashuvlarning 8 tasida “Sho‘rtan” g‘alaba qozongan bo‘lsa, 11 uchrashuvda toshkentliklar zafar quchishgan. 3 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan.
Jamoalar so‘nggi bor 2017 yil 8 sentyabr kuni Toshkentda to‘qnash kelishgan. Bellashuvda “temiryo‘lchilar” 1:0 hisobida zafar quchishgan.
“Sho‘rtan” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar