
Pro-liga. "Yangier" etakchilikka da’vogar jamoani mag‘lub etdi
Pro-liga 8-turidan o‘rin olgan "Yangier" - "Xorazm" uchrashuvi yakunlandi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Maydon egalari safida Suhrob Berdiev, Said Abdujabbarov va Nodir Yo‘ldoshev o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Mehmonlar safidagi yagona gol Shahzod Beshimov hisobiga qayd etildi.
Shu tariqa, "Yangier" ochkolari sonini 9 taga etkazib, 6-o‘ringa chiqib oldi. "Xorazm" hisobida 10 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 5-pog‘onani band etgan.
Fikrlar