Pro ligaga ravona bo‘lgan "Lokomotiv" Antaliyada yig‘in o‘tkazadi. Rejada Evropa jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bor

  • 19.12.2022 16:33
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2022 yil yakunlari bo‘yicha Superligani tark etgan "Lokomotiv" yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshladi.

Oz oldiga 1 yildayoq elitaga qaytish vazifasini qo‘lgan "temiryo‘lchilar" yangi futbolchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda. 

Toshkentliklar mavsumga tayyorgarlikni 2023 yilning 6 yanvar kunidan "Lokomotiv" qarorgohida boshlaydi. Ushbu kichik yig‘in 19 yanvarga qadar davom etadi va jamoamiz 20 yanvar kuni tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini o‘tash uchun Turkiyaning Antaliya shahriga jo‘nab ketadi.

Turkiya yig‘inlari doirasida "Lokomotiv" 6 ta sinov-nazorat o‘yinlarida qatnashadi. Hozircha shulardan ikki o‘yinning raqibi va sanasi aniq:

22.01.2023
"Lokomotiv" - "Krasnodar-2" (Rossiya)

27.01.2023
"Lokomotiv" - KF "Dukadjini" (Kosovo).

"Yig‘in doirasidagi qolgan uchrashuvlar uchun raqiblar bilan muzokaralar davom etmoqda. Bu boradagi ma’lumotlarni keyinroq taqdim qilamiz",-deb yozdi "Loko" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!