
Professional boks. Hamyurtimiz Qozog‘istonda ringga ko‘tariladi
6 iyun kuni Qozog‘istonning Olma-ota shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, unda hamyurtimiz Jo‘raboy Zokirov (1-7, 0 KO) ham ishtirok etib, mezbonlar vakili Elxan Tabynbaev(8-1, 6 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, oxirgi jangida Elxan tailandlik Rungroj Audomritni texnik nokaut qilgan bo‘lsa, Jo‘raboy Zokirov o‘zbekistonlik Shukrulla Vohidovdan mag‘lubiyatga uchragan edi.
Fikrlar