Professional boks. Shahram G‘iyosov tajribali raqibini sanoqli soniyalarda ringga qulatdi

  • 25 avgust, 2019, 10:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun hamyurtimiz Shahram G‘iyosov o‘zining profi boksdagi to‘qqizinchi jangini o‘tkazdi. Bu safar unga kolumbiyalik Darley Peres (34-4-2, 22KO) raqiblik qildi.

E’tiborlisi, 10 raundga mo‘ljallangan jang juda tez fursatlarda yakun topdi. Aniqrog‘i, G‘iyosov tajribali raqibini jangning 30-soniyasidayoq nokautga uchratdi va chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi.

Ma’lumot uchun, G‘iyosov bungacha profi boksda 8 marta ringga ko‘tarilgan va ularning barchasida g‘alabaga (6 nokaut) erishgan edi. Tajribali Peres esa 40 ta jang o‘tkazib, 34 ta g‘alaba qayd etgan. To‘rt bor mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, ikkita jangda hakamlar durang natida qayd etishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Фан
25/08/2019 13:23
Отангга рахмат Шахрам.

Шунака галабали юришлар футболимизга хам юксин...юксин... юксин.
Немаджан Мирзакаримов
26/08/2019 17:21
Табриклайман !!!
Буни омад дейдилар. Бу галабадан кейин осмонга чикиб кетиб, яна тренировкани эсдан чикариб куймагин
&
TFT
25/08/2019 21:24
Койил Шахрам.Тезкор накаут буйича Тайсондан колишмадинг.Баракалла!