
PSJ - "Istanbul" o‘yinida irqchilik qilgan hakamga qanday jazo qo‘llaniladi?
Chempionlar Ligasi 6-turidan o‘rin olgan PSJ - "Istanbul" bahsida ishlagan yordamchi hakam Sebastyan Koltesku irqchilik qilgani uchun 10 ta o‘yinga chetlatilinishi mumkin. Bu haqida "The Times" nashri xabar tarqatdi.
Uchrashuv mutasaddilari UEFAning tartib-intizom qo‘mitasi qoidalariga bo‘ysunadi. Unda irqchilikning har qanday holati uchun eng kamida 10 ta o‘yinlik diskvalifikatsiya belgilangan. Ma’lum bo‘lishicha, zaxira hakami sifatida ishlagan ruminiyalik referi yordamchi murabbiy Per Veboni qora tanli, deb atagan. Bu kamerunlik mutaxassis va zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan Demba Baga yoqmagan.
Keyinchalik, istanbullik futbolchilar o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi va maydonni tark etdi. O‘z navbatida, parijliklar ham bu qarorni qo‘llab-quvvatladi. Natijada, uchrashuv boshqa sanaga qoldirildi. Ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan 22:55 da qayta o‘tkaziladi.
Fikrlar