
Levandovski jamoa tanladi. PSJ, “Manchester Siti” va “Liverpul” armonda!
“Bavariya”dagi uzoq yillik faoliyatidan keyin Robert Levandovski “Barselona”ga ko‘chib o‘tishga qaror qildi.
Keyingi yillarda tinimsiz gol urayotgan 33 yoshli forvardga “Manchester Siti”, “Liverpul” va PSJ kabi grand klublar ham shartnoma taklif qilayotgan edi. Lekin polshalik yigitning tanlovi “Barselona”ga tushdi.
Manbaning xabar berishicha, Levandovski kataloniyaliklar bilan uch yillik shartnomani kelishib olgan. Robertda “Bavariya”dan ketish istagi paydo bo‘lishiga myunxenliklarning unga atigi bir yillik shartnoma bergani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Robert Levandovski Bundesliga chempioni safiga 2014 yilda “Borussiya”dan erkin agent sifatida tekinga o‘tgan edi.
Mohir to‘purar bu mavsumda barcha turnirlarda 40 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 46 ta gol va to‘rtta golli pas yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar