PSJ Aleks Sandro uchun narxni yana ko‘tardi
Frantsiyaning PSJ klubi hamon “Yuventus” himoyachisi Aleks Sandroni sotib olish fikridan qaytmayapti.
La Gazzetta dello Sport nashrning ma’lum qilishicha, parijliklar “keksa sinora”ga braziliyalik futbolchi borasida o‘zlarining ikkinchi taklifini ham yuborishgan. Unga ko‘ra PSJ Sandro uchun 65 mln evro emas, balki 70 million evro to‘lashga roizilik bildirishgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 26 yoshli futbolchining xizmatlariga Londonning “Chelsi” klubi ham jiddiy qiziqish bildirgan va uning uchun "Yuventus"ga 60 mln evro taklif qilgan edi.

Fikrlar