
PSJ “Barsa”ga bir o‘yinchi uchun 100 million evro bermoqchi
PSJ yozgi transferlar vaqtida tarkibini kuchaytirish bo‘yicha ish olib boradi. Parijliklar himoya chizig‘ini mustahkamlashga qaror qilgan.
Transfer News Live va Fichajes kabi manbalarning yozishicha, Frantsiyaning amaldagi chempioni yozda “Barselona”dan Jyul Kundeni olib kelmoqchi. Bu transfer uchun poytaxtliklar 100 million evro miqdorida pul sarflashga tayyorligi aytilmoqda.
PSJ Kyundegi o‘yinchi yoqtirgan pozitsiya – himoya markazidan muqim joy bermoqchi. Frantsiyalik futbolchining o‘zi Kataloniya klubida o‘ng qanotda to‘p tepishga majbur bo‘lyapti.
Kataloniya klubi moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, har qaysi futbolchisi bo‘yicha mo‘may daromadli taklif bo‘lsa, uni ko‘rib chiqishga tayyor.
Fikrlar