
PSJ "Bavariya" futbolchisi bilan kelishuvga erishdi
PSJ klubi "Bavariya" futbolchisi Lyuka Ernandes bilan shaxsiy kelishuvga erishdi. Maosh bo‘yicha frantsiyalik himoyachi bilan barcha masalalar to‘la hal etildi.
Endi faqat Myunxen klubi bilan transfer summasini kelishish qoldi. Bundesliganing amaldagi chempionlari Ernandes transferidan 35-40 million evro ishlab olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Lyuka "Bavariya"ga "Atletiko"dan 80 million evro evaziga kelib qo‘shilgandi. Uning ayni vaqtdagi transfer narxi 45 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar