PSJ "Bavariya"ga himoyachi bo‘yicha taklif yubordi

  • 05.03.2025 18:24
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Kristian Falk ma’lum qildi.

Manba xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi kelasi yozda jamoaga qo‘shilish uchun PSJdan aniq taklif olgan.

Avvalroq, "Bavariya" rahbariyati Kimmix bilan joriy mavsum yakunida tugaydigan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Kimmix joriy mavsum barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urdi va o‘nta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, yarim himoyachi 50 million evroga baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!