PSJ bir oy oldin olingan Dembeleni tezda sotib yubormoqchi

  • 8 sentabr, 2023, 16:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning eng zo‘r o‘yinchilaridan hisoblangan Usmon Dembele avgust oyining boshida PSJga ko‘chib o‘tgandi.

Tecno

Parijliklar 26 yoshli charm to‘p ustasi uchun 50 million evro xarajat qilgan va besh yillik shartnoma imzolagandi.

Todofichajes nashrining xabar berishicha, Frantsiya chempioni yozda olingan o‘yinchini qishki transferlar vaqtida sotib yubormoqchi. Bunga sabab sifatida PSJda hujumkor futbolchilarning soni keragidan ortib ketgani ko‘rsatilyapti.

Manbalarga ko‘ra, Dembelening agenti potentsial xaridorlar bilan muzokara boshlagan. Xususan, “Manchester Yunayted”, “Liverpul” va “Nyukasl” yanvar oyida hujumkor futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!