PSJ Buffonga yangi shartnoma taklif qilmaydi
Italiyalik mashhur darvozabon Janluiji Buffon katta ehtimol bilan mavsumlar oralig‘ida PSJni tark etadi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra parijliklar rahbariyati yozda shartnomasi yakuniga etadigan 41 yoshli posbon bilan kelishuvni uzaytirish fikridan qaytishgan. Gap shundaki, Buffonning so‘nggi uchrashuvlarda ko‘rsatayotgan o‘yinlari PSJ rahbariyatini ranjitgan. Ayniqsa, uning “Manchester Yunayted”ga qarshi bo‘lib o‘tgan EChL 1/8 final javob bahsida yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatolaridan so‘ng rahbariyatning darvozabonga nisbatan fikri o‘zgargan.

Fikrlar