PSJ etakchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas

  • 8 fevral, 2023, 23:24
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ himoyachi Serxio Ramos bilan shartnomani uzaytirmaydi. Bu haqda "RMC Sport" nashri yozmoqda.

Ispaniyalik futbolchining parijliklar bilan amaldagi kelishuvi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Ramos Parijda qolmoqchi, biroq klub Serxio kelajakda yuqori saviyada o‘ynay olishiga shubha bilan qaramoqda. PSJ ispan bilan yangi shartnoma imzolamaslikka intilmoqda, ammo himoyachida ishontirish uchun hali vaqt etarlicha.

Ma’lumot uchun, Serxio klub bosh murabbiyi Kristof Galte va parijliklarning etakchilari bilan yaxshi munosabatda. Avvalroq, futbolchiga "An-Nasr" qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!