PSJ futbolchisi "Barselona"ni haqorat qildi
Lyuka Ernandes PSJ mashg‘ulotlarida "Barselona" haqida qo‘pol gapirdi.
"Atletiko" sobiq futbolchisi Kilian Mbappe va Usmon Dembele bilan mashg‘ulotlarda suhbatlashayotgan payt ushbu holat yuz berdi.
"Siz "Barsa"dan kelgansiz, nega qo‘shiq aytmaysiz", - deya Mbappe Dembelega murojaat qildi.
"Qanday qilib, bunday ahmoqona klubda sizga qo‘shiq aytishni o‘rgatishlari mumkin", - deya Ernandes suhbatga qo‘shildi.

Fikrlar