PSJ himoyachisi uchun mavsum tugadi

Frantsiya terma jamoasi va PSJ himoyachisi Lukas Ernandes Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi "Borussiya D"ga qarshi bahsda jiddiy jarohat oldi.  Parij klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, himoyachi chap tizzasining oldingi xochsimon paylarini shikastlab olgan.

26 yoshli futbolchi yaqin kunlarda jarrohlik stoliga yotadi. Uning tiklanishi uchun 6-7 oy ketadi. Bu degani Ernandes Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Evropa chempionatida Frantsiya termasiga aniq yordam bera olmaydi. Demak, Ernandesni faqat keyingi yil maydonda ko‘ramiz.

Ma’lumot uchun, Lukas joriy mavsum Liga 1ning  27 uchrashuvida ishtirok etib, bitta gol urdi va ikkita samarali uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!