PSJ Ikardi masalasida bir qarorga keldi

  • 08.04.2020 12:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Pari Sen-Jermen" mavsumni ijarada o‘tkazayotgan "Inter" forvardi Mauro Ikardini to‘liq sotib olmoqchi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, parijliklar 27 yoshli argentinalik futbolchining transferini 70 mln evro evaziga to‘liq sotib olishga tayyor. Biroq, Ikardining o‘zi yana Italiyaga qaytmoqchi va bu PSJ uchun muammo bo‘lishi mumkin.

Mauro joriy mavsum PSJ safida jami 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!