PSJ Ikardi uchun 70 mln evro taklif qilmoqchi
PSJ klubi yozgi transferlar davrida "Inter" forvardi Mauro Ikardini sotib olishga urunib ko‘rmoqchi.
Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar 26 yoshli argentinalik futbolchini 32 yoshli urugvaylik forvard Edinson Kavanining o‘rniga munosib ko‘rishmoqda. Frantsiya chempioni Ikardi uchun “neradzurrilar”ga 70 mln evro taklif qilmoqchi.
Ma’lumot uchun, Ikardi joriy mavsum “Inter” safida jami 32ta o‘yinda maydonga tushdi va 16ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar