PSJ ispan klubi darvozabonini sotib oldi

  • 5 sentabr, 2020, 16:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ va "Sevilya" darvozabon Serxio Rikoning transferi borasida kelishuvga erishdi.

Tecno

Bir yil avval, frantsiyaliklar 27 yoshli darvozabonni sotib olish huquqi bilan ijaraga olgandi.

Ispaniyalik posbon PSJ bilan 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bitimga imzo chekdi. Parij klubi Rikoni 6 mln evro evaziga sotib olish huquqidan foydalandi.

Keylor Navasning "soyasida" qolgan Serxio Riko Liga 1 musobaqasining yakuniga etgan mavsumida 1 marta maydonga tushdi xolos.

Chempionlar ligasining chorak finalidan o‘rin olgan "Atalanta"ga (3:1) qarshi uchrashuvda ispaniyalik posbon jarohat olgan Navasning o‘rniga zaxiradan qo‘shilgan bo‘lsa,  "Leyptsig"ga qarshi yarim finalda (3:0) to‘liq o‘ynadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!